21:47 / 20.04.2019
6 474

Birinchi xonimlarning ijtimoiy va madaniy muassasalarga tashrifidan lavhalar (foto, video)

Birinchi xonimlarning ijtimoiy va madaniy muassasalarga tashrifidan lavhalar (foto, video)
Ziroat Mirziyoyeva va Kim Chjon Suk 19 aprel kuni qator ijtimoiy va madaniy muassasalar bilan tanishdilar.

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi Prezidentining rafiqasi Kim Chjon Suk O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida Toshkentdagi Yakkasaroy tumani 369-son maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Oliy martabali mehmonlar tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Har bir bolaning ijodiy va intellektual rivojlanishi uchun ishlab chiqilgan mashg‘ulotlarni kuzatdi va unda ishtirok etdi.




Ziroat Mirziyoyeva va Kim Chjon Suk O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida ham bo‘lib, xalq amaliy san’at ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirishdi. Ko‘rgazmada o‘zbek xalq amaliy san’atining eng go‘zal durdonalari — yog‘och o‘ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, zargarlik, zardo‘zlik va kashtachilik namunalari namoyishga qo‘yilgan. Koreyalik oliy martabali mehmonga har bir hudud maktabiga xos bo‘lgan, qo‘l mehnati bilan yaratilgan so‘zanalar, ipak gilamlar juda manzur bo‘ldi. Atlas va adras to‘qish jarayoniga alohida qiziqish bildirdi. Shuningdek, milliy liboslar namoyishi, kelin salom marosimi mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.




O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi birinchi xonimlari Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “Ariran” qariyalar uyida ham bo‘ldi. Koreys millatiga mansub keksa avlod vakillari istiqomat qiladigan pansionatdagi qulayliklar bilan tanishib, nuroniylar bilan suhbat qurishdi. Yoshi ulug‘ insonlarning “Koreya biz uchun tarixiy vatan bo‘lsa, O‘zbekiston - hayot bergan makon, biz undan qarzdormiz”, deb aytgan so‘zlarini tinglagan Kim Chjon Suk o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va koreys millatiga mansub fuqarolarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Birinchi xonimlar nomidan "Ariran" pansionatiga yangi avtobus sovg‘a qilindi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Birinchi xonimlarning ijtimoiy va madaniy muassasalarga tashrifidan lavhalar (foto, video)