O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ishi yuzasidan navbatdagi rasmiy bayonotni e’lon qildi. Unda “Qodirov ishi” doirasida hibsga olingan mansabdor shaxslar tergov davomida qiynoqlarga solingani bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqida so‘z boradi. Unda shunday deyilgan:
“2019 yil 18 aprel kuni internet tarmoqlarida “Qodirov ishi” doirasida hibsga olingan mansabdor shaxslar tergov davomida qiynoqlar haqida xabar berishdi” nomli maqola e’lon qilindi.
Maqolada xuddiki ayblanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramovlarga nisbatan jismoniy va psixologik zo‘ravonlik va qo‘pol munosabatda bo‘lingani qayd etilgan.
Avval xabar qilinganidek, Bosh prokuratura tomonidan Rashid Qodirov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borilgan hamda 13 nafar shaxsga mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, pora olish, shuningdek, boshqa mansabdorlik va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etish bo‘yicha ayb e’lon qilingan.
Dastlabki tergov Jinoyat-protsessual kodeksining qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borilgan, ayblanuvchilarga va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan hech qanday qiynoqlar yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmagan.
Ayblanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramov ularga qo‘yilgan ayblovlarni faqat qisman tan olgan, bu esa ularga ayblov bo‘yicha o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati berilgani va ularga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazilganlik fakti mavjud emasligidan dalolatdir.
Bundan tashqari, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha avval e’lon qilingan rasmiy xabarda ta’kidlanganidek, dastlabki tergov va sud jarayonida barcha ayblanuvchilarning sog‘lig‘i Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarining doimiy tibbiy kuzatuvida va nazorati ostida bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, dastlab jinoyat ishini sudda ko‘rish boshlanganida sudlanuvchilar U.Sunnatov va U.Xurramov sudda so‘roq qilish jarayonida o‘z ko‘rsatmalarida sodir etilgan jinoyatlarda aybdorligini tan olib, o‘z qilmishlariga amalda pushaymonligini bildirishdi, ammo keyinchalik ular o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirib, xuddiki ularga nisbatan qiynoq va tahdidlar qo‘llangani haqida xabar berishdi.
Qonunchilikka binoan, ayblanuvchi va sudlanuvchilar ularga nisbatan e’lon qilingan ayblov bo‘yicha har qanday pozitsiyani egallash huquqiga ega. O‘z navbatida Bosh prokuratura U.Sunnatov va U.Xurramovning tergov davomida ularga nisbatan qiynoqlar qo‘llanganligi to‘g‘risidagi vajlariga javoban aniq pozitsiyasini bildirib, yuqoridagi ko‘rsatmalar haqiqatga mos kelmasligini qat’iy ta’kidlaydi.
Avval xabar berilganidek, bugungi kunda R.Qodirov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va Bosh prokuratura jinoyat ishida ishtirok etish uchun jalb qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishini kafolatlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi