19:03 / 22.04.2019
4 292

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston davlat statitistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga aynan qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

2019 yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bo‘lgan).

Ushbu davrda qayd etilgan o‘limlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - o‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Foto: O‘zbekiston davlat statitistika qo‘mitasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishi ma’lum qilindi