19:25 / 22.04.2019
4 047

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 21 aprel holatidagi narxlari

Mol go‘shti 28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Farxod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqanddagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 38 000 dan 42 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti 13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 13 000so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 21 000 so‘m.

Guruch 3 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i 7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farxod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narxham poyxtaxtda «Mirobod» dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.

Un 1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning «Qo‘yliq» dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun «Mirobod» dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

Shakar 4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Mirobod» dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Termiz shahri markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500so‘m.

Tuxum 350 so‘mdan – 700 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka 1 200 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi «Chorsu», «Farxod», «Yunusobod» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Qarshi shahridagi «Yerqo‘rg‘on» dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 3 500 so‘mgacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari