Foto: «Sputnik»
Taniqli ekspert Aziza Umarova o‘zining telegram kanalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi muammolar, kadrlarga muhtojlik holati haqida post qoldirdi:
– Kadrlarga muhtojlik – «kadrlarga tashnalik»ni kuzata turib, shuni anglamoqdamanki, oxirgi 27 yil mobaynida oliy ma’lumot olishga nisbatan ongli tarzda amalga oshirilgan cheklov uzoq maqsadlarni ko‘zlab qilingan. Natijada ommaning tabaqalashuvi hamda qatlamlashishi yuzaga keldi. Oliy ta’limni egallash darajasi esa Afrikadagidek bo‘lib qoldi. Bu esa qo‘shni mamlakatlarga nisbatan uch barobar pastdir.
Ajratilgan kvota-o‘rinlardan bosqichma-bosqich voz kechmoqdamiz, biroq xususiy OO‘Yudan voz kechish oliy ta’limning keskin pasayishiga olib keldi. Yuz-ikki yuz talabani qabul qilayotgan xorijiy OTM filiallari bu masalani hal qila olmayapti. Har yili 650.000 nafar maktab bitiruvchisi mehnat bozoriga chiqmoqda. Moskva-koreys-turk-yana qandaydir OO‘Yularining bo‘limlarini har yili yuztadan ochish shart.
Masalani hal etishning yagona yo‘li – sohani liberallashtirish orqali xususiy OO‘Yu faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir.
Davrimizga oid chizgi va qaydlar: Bir qancha ishbilarmonlar o‘z mablag‘iga (davlatdan bir tiyin olmay) Moskvadagi «Skolkovo»ga teng keladigan o‘zlarining har taraflama qulay biznes-maktablarini ochishmoqchi, biroq mana bir necha oydirki, ularga Toshkent viloyatidan joy ajratib bera olishmayapti. Nahotki, yoshlarning ta’lim olishi hech kimga kerak bo‘lmasa?
To‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizga ishonchingiz komilmi? – deb yozadi ekspert.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi