17:30 / 23.04.2019
4 815

«Nexia II»ning chiroqlari yangi qoidaga dosh beradimi?

«Nexia II»ning chiroqlari yangi qoidaga dosh beradimi?
Foto: «Google.com»
Yaqinda yo‘l harakati qoidalariga 292-sonli Hukumat qarori bilan (09.04.2019 y.) o‘zgartirish kiritilgan edi. Unga ko‘ra kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi ham belgilandi. Aynan shu o‘zgarish haydovchilar, ayniqsa «Nexia II» rusumidagi avtomobil egalarini biroz xavotirga solib qo‘ydi.

Xususan, Xabar.uz saytiga quyidagicha murojaat kelib tushdi:
«Yangi qaror qabul qilingandan so‘ng «Nexia II» rusumli avtomobil haydovchilarida bir muammo paydo bo‘ldi. Avtomobilda yaqinni yorituvchi fara alohida joylashgan bo‘lib, unda LUPA oynachasi bor. Agar uzoq muddat yoqib yurilsa, u erib ketishi yoki yoritish xususiyatini yo‘qotishi mumkin. Ayniksa kechqurun yaxshi yorita olmay qoladi.

Shu sababdan tumanni yoritishga mo‘ljallangan chiroq yoqib yursa yoki qo‘shimcha gabarit chiroq qo‘ysa bo‘ladimi? Shu savolga YHXB tomonidan aniqlik kiritib berishingizni so‘rayman».

Ushbu savol Toshkent shahar, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiga yuborildi va quyidagicha javob olindi:
«O‘zboshimchalik bilan konstruksiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin emas.

O‘zboshimchalik bilan konstruksiyaga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilgan taqdirda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi uchinchi qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Bunday holatda avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yiladi.

Tegishli bo‘lmagan chiroqlarni o‘rnatish esa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi, birinchi qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Bunday holatda eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Konstruksiyaga o‘zgartirish kiritish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tegishli bo‘limlariga ariza bilan murojaat qilish mumkin. Lozim topilgan taqdirda ruxsat beriladi.

Kunduz kuni yaqinni yorituvchi chiroq o‘rniga tumanga qarshi chiroqni yoqib yurish mumkin emas».

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Nexia II»ning chiroqlari yangi qoidaga dosh beradimi?