22:05 / 23.04.2019
6 247

Nukusda yuk mashinasini «yer yutib» yuborishiga bir bahya qoldi (foto)

Nukusda yuk mashinasini «yer yutib» yuborishiga bir bahya qoldi (foto)
Foto: «kruz.uz»
Nukus shahrining «Do‘stlik» kanali qarshisidagi yo‘lda «ISUZU» yuk mashinasi yo‘lga cho‘kib qoldi. Bu haqda «KRuz.uz» Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YoXB yong‘inga qarshi targ‘ibot guruhi katta muhandisi, leytenant A.Abdiraxmanovga tayanib xabar berdi.

Foto: «kruz.uz»

Foto: «kruz.uz»
Abdiraxmanovga ko‘ra, bugun soat 12:55 da 1050 raqamiga kelib tushgan xabar buyicha fuqaro Ye.A ning yuk avtomashinasi kanalizatsiya quvuriga tushib ketganligi xabar qilingan. Voqea joyiga yetib borgan FVB va YoXB xodimlar avtomashinani chiqarib olishda hamkorlikda harakat qilib, fuqaro Ye.A ga amaliy yordam kursatganlar.

Foto: «kruz.uz»
Ma’lumotlarga qaraganda, yuk mashinasi un ortib kelayotgan bo‘lgan. Mashinaning yo‘lga cho‘kib ketishiga esa o‘sha yerdagi kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Foto: «kruz.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda yuk mashinasini «yer yutib» yuborishiga bir bahya qoldi (foto)