10:50 / 24.04.2019
3 107

Qo‘l sumkaning astari ichiga yashirilgan katta miqdordagi valyuta fosh etildi

Qo‘l sumkaning astari ichiga yashirilgan katta miqdordagi valyuta fosh etildi
Bojxona xodimlari tomonidan respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro X.G.ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, uning qo‘l sumkasining astari ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 952 300 Rossiya rubli, 1 600 AQSh dollari, 127 200 Qozoq tengesi xorijiy valyutalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘l sumkaning astari ichiga yashirilgan katta miqdordagi valyuta fosh etildi