21:39 / 24.04.2019
2 858

«Mersedes-Bens» tirkamasi ostiga yashirilgan 1050 litr dizel yoqilg‘isi fosh etildi

«Mersedes-Bens» tirkamasi ostiga yashirilgan 1050 litr dizel yoqilg‘isi fosh etildi
Bojxona xodimlari yoqilg‘i mahsulotlarini mamlakat hududiga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro G.M boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasini bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Natijada avtomashina tirkamasining ostki qismiga yashirincha olib o‘tish maqsadida 1050 litr dizel yoqilg‘isi berkitilganligi fosh etildi.

Umumiy qiymati 5 730 000 so‘mni tashkil etuvchi ushbu mahsulotlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mersedes-Bens» tirkamasi ostiga yashirilgan 1050 litr dizel yoqilg‘isi fosh etildi