Sirdaryoda mol o‘g‘rilari bozorda qo‘lga olindi (foto)

  • 25 aprel 2019, 11:23
  • 1 053
  • Jamiyat
  • Sirdaryoda mol o‘g‘rilari bozorda qo‘lga olindi (foto)
    Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati
    Sirdaryo viloyati Guliston shahar Ulug‘ yo‘l maxallasida yashovchi E.Z. o‘zini jinoiy sheriklari bilan birgalikda Guliston shahar hududida yashovchi fuqarolarni chorva-mollarini o‘g‘irlab, Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasi hududida joylashgan chorva mollari sotiladigan bozorda, chorva mollarni sotayotgan vaqtda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.



    Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
    Sirdaryo viloyati IIB
    Matbuot xizmati

    Фикрлар

    » » Sirdaryoda mol o‘g‘rilari bozorda qo‘lga olindi (foto)