Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqori Chirchiq tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda “A.B.” MChJ ish boshqaruvchisi M.M.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda aslida “K.I.” MChJda haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro R.N. “M” kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib, taomlarni sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga NKM cheki berilmayotganligini vaj qilib, o‘zini “Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam” deb tanishtirib, g‘aznada turgan NKM apparati va kafega tegishli bo‘lgan tibbiy daftarchani olib qo‘yib, ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan o‘zining jinoiy sherigi, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln. so‘m olgan vaqtida Departament organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agarda Siz yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz yoki Sizga noma’lum shaxslar o‘zini Departament xodimi deya tanishtirib, ta’magirlik qilayotgan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tun-u kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz!” - deyiladi Bosh prokuratura xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?