06:34 / 26.04.2019
2 924

«Bu bola ko‘pchiligimizdan ko‘ra baxtliroq...»

«Bu bola ko‘pchiligimizdan ko‘ra baxtliroq...»
Siz ko‘rib turgan ushbu surat anchadan buyon ijtimoiy tarmoqlarda «aylanadi». Foydalanuvchilar unga o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, turlicha izoh berishgan.

Izohlar orasida bittasi, ayniqsa, e’tiborga molik. Hassos shoira va jurnalist Dilfuza Komil suratni shunday tavsiflaydiki, fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q. O‘qing-a:

«Bu bola juda ko‘pchiligimizdan ko‘ra baxtliroq va aqlliroq! Chunki uning uchun hayotda yechilmaydigan muammoning o‘zi yo‘q. Bu bola aytgani muhayyo qilinadigan, erka bolalar singari arzimagan yetishmovchilikdan o‘zini yo‘qotmaydi, qiyinchiliklar qarshisida dovdiramaydi, mehnatdan qochmaydi. Arzimagan narsalar sabab o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham muammo chiqarmaydi. Aksincha, bu bola muammolarning yechimini topa oladi, hayotning tilini tushunadi. Taqdirga isyon qilmaydi, aksincha, taqdir bilan do‘stlashadi. Yo‘lsizlikda YO‘L borligini biladi...»

Nima dedingiz?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bu bola ko‘pchiligimizdan ko‘ra baxtliroq...»