00:03 / 28.04.2019
4 843

Test sinovlarida javoblar varaqasiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda

Test sinovlarida javoblar varaqasiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarida abituriyentlarning javoblar varaqasiga o‘zgarish kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqida huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishga binoan, endilikda test sinovlarida javoblar varaqasi har bir abituriyent uchun maxsus («imennoy») chiqariladi.
Bunda javoblar varaqasida abituriyentning ism-sharifi, test kuni, test topshiradigan hududi, binosi, guruhi va o‘tirish joyi hamda ID-kodi ko‘rsatiladi.

Avvalroq Davlat xizmatlari agentligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga hujjatlar qabuli bo‘yicha ma’lumot bergandi.

Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilish imkoniga ega bo‘lib, ularning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar, eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markaziga kecha-yu kunduz murojaat qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlarida javoblar varaqasiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda