06:00 / 28.04.2019
6 111

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi
Foto: «Versiya.Info»
Gulnora Karimovaning Shveysariyada Mercedes-Benz SLR2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 rusumli avtomobillari bo‘lgan. Ularning umumiy narxi 1 mln. frankka (qariyb 1 mln. AQSh dollari) baholanmoqda.

Ushbu avtomobillarning kalitlari 2013 yildayoq konfiskatsiya qilingan. Ammo hamon Gulnora tomonidan 2009 yilda 18,2 mln. frankka sotib olingan Kolonidagi hovlisi hududida qolmoqda.

Qayd etish kerakki, Gulnora Karimova 2008 yili O‘zbekistonning BMTdagi vakili etib tayinlangandi. Biroq 2013 yili u diplomatik immunitetdan mahrum bo‘ladi va Shveysariya prokuraturasi unga nisbatan pullarni o‘zlashtirish aybi bilan jinoiy ish ochadi. Natijada uning Shveysariya banklaridagi hisobida saqlangan 800 mln. frank muzlatib qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi