12:15 / 29.04.2019
3 692

Shveysariya sudi Gulnora Karimova mablag‘laridan foydalanishni ta’qiqladi

Shveysariya sudi Gulnora Karimova mablag‘laridan foydalanishni ta’qiqladi
Shveysariya Federal sudi, O‘zbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ikkita muhim qaror qabul qildi, deb yozmoqda Sputnik nashri.

Birinchidan, Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan uchta superkar: Mercedes-Benz SLR 2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 – sotuvga chiqarilmaydi. Ular Karimovaga tegishli bo‘lgan hovli hududida qoladi. Ma’lumot uchun, ushbu avtomobillar umumiy qiymati 1 mln frank deb baholanmoqda.

Ikkinchidan, Federal sud Gulnora Karimova ishi bilan shug‘ullanayotgan prokuror Patrik Lamonni ushbu ishdan chetlatdi. Sabab - 2018 yilning sentyabrida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrif uchun sanksiya olmagan. Karimovani himoya qiluvchi tomon ushbu tashrif “shubhali bo‘lgan” deb ta’kidlamoqda. Sud ham ushbu tashrifdan so‘ng ishda hech qanday yangi dalil isbotlar paydo bo‘lmaganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi hisob raqamlarida 800 mln frank mablag‘ muzlatib quyilgan. Sud ushbu mablag‘lar muzlatilgan holda qolishini qayta tasdiqladi.

Qiziq fakt – o‘tgan yilning iyul oyida Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja prokuraturaga ushbu mablag‘dan 500 mln frankini ishlatishga ruxsat so‘ragan. Advokat aytishiga qaraganda mablag‘lar “Gulnora Karimovani himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarajatlarni qoplash uchun” kerak bo‘lgan. Lekin sud advokatning ushbu talabiga ham rad javobini berdi.

Sud o‘z qarorini ikki sabab bilan izohladi: birinchidan, mablag‘lar noqonuniy yo‘l bilan olingan bo‘lish ehtimoli kattaligi. Ikkinchidan esa, sud Greguar Manja yollangan advokat emas, davlat tomonidan tayinlangan advokat ekanligi va ushbu ishda uning xarajatlari va maoshi davlat tomonidan qoplanayotganini ko‘rsatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida, Greguar Manja Zangiota tuman ayollar koliniyasida bo‘lib Gulnora Karimova bilan shaxsan uchrashgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shveysariya sudi Gulnora Karimova mablag‘laridan foydalanishni ta’qiqladi