11:45 / 29.04.2019
4 249

Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi
Bugun, 29 aprel tun soat 02:00 larda, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida, ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urilib yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Avtobus ichida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. YTH oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari bilan O‘rtachirchiq tuman shifoxonasiga, 5 nafar yo‘lovchi Respublikasi Tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, avtobusda jami 53 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aksariyati Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 37 nafar o‘quvchilari bo‘lgan. Shuningdek, 3 nafar o‘qituvchi, 10 nafar ota-onalar hamda 3 nafari xaydovchi bo‘lishgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, davlat raqami 11 366 SVA bo‘lgan “Mersedes” rusumli avtobus baloni yorilib ketishi natijasida, boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan va yonishni boshlagan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi