Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning 2-qavatidan o‘zini tashladi

  • 29 aprel 2019, 17:35
  • 1 950
  • Jamiyat
  • Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning 2-qavatidan o‘zini tashladi
    Foto: Repost
    Bugun, 29 aprel kuni soat 12:30 larda Toshkentdagi 17-sonli maktabda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi Repost.
    Unda aytilishicha ushbu maktabning 9-sinfida o‘qiydigan qiz ikkinchi qavat derazasidan pastga sakragan.

    Bunga sabab sifatida, o‘quvchi qiz onasining sinf rahbari bilan gaplashishga kelganini bilib, shu tarzda maktabdan qochib ketmoqchi bo‘lganligi keltirilgan.

    Mazkur ro‘y bergan hodisa oqibatida maktab o‘quvchisiga o‘ng sonning yopiq sinishi, chap sonning ochiq sinishi, umurtqa pog‘onasi bel qismining jarohatlanishi tashxisi qo‘yilgan.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi maktabning 2-qavatidan o‘zini tashladi