00:30 / 03.05.2019
4 657

1 million nafargacha o‘zbekistonlik BAAga ishlashga yuborilishi mumkin

1 million nafargacha o‘zbekistonlik BAAga ishlashga yuborilishi mumkin
Foto: «AiF»
Har yili O‘zbekistonning 4,2 ming nafar fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklariga ishlashga boradi. Mamlakatimizga ushbu davlatdan pul o‘tkazmasi 35 million dollarni tashkil etadi, deb ma’lum qiladi «Xabar» nashri.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va BAA mehnat resurslari sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishgan. Uning doirasida BAAga vaqtinchalik ish bilan ta’minlash uchun O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarosini yuborish rejalashtirilmoqda.

BAA ish beruvchilari va O‘zbekistonning xususiy ish bilan ta’minlash agentliklari ishtirokida B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, BAAda Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik vakolatxonasini ochish hamda O‘zbekiston elchixonasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashe lavozimini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda har yili BAAga o‘rtacha 42-44 ming nafar o‘zbekistonlik (shundan 4,2 mingtasi ishlash maqsadida) boradi. Ushbu mamlakatdan pul o‘tkazmasi miqdori 35 million dollarni tashkil etadi. Oylik pul o‘tkazmasi o‘rtacha $700. Taqqoslash uchun: mehnat migrantlari Rossiyadan oyiga o‘rtacha $400 dan kamroq pul jo‘natishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 million nafargacha o‘zbekistonlik BAAga ishlashga yuborilishi mumkin