06:36 / 03.05.2019
4 979

Qashqadaryoda ag‘darilib ketgan poyezd bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bayonot berdi

Qashqadaryoda ag‘darilib ketgan poyezd bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bayonot berdi
2019 yilning 30 aprel kuni soat 21:25 da Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining Oqrabot – Chashmaihofizon temir yo‘l uchastkasining 103 kilometrida (Oqrabot stansiyasidan 8 km uzoqlikda) poyezd harakatining o‘ng tomonida yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Ko‘chki yo‘lovchi poyezdning izdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hodisa yuzasidan bayonot tarqatdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot-tahliliy media markazining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, yer ko‘chkisi ro‘y bergan o‘sha onda ushbu uchastkadan №81-sonli Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi harakatlanayotgan bo‘lgan va poyezdning 3 ta vagoni harakatdan to‘xtagan. Mazkur poyezd ishchi-xodimlari (brigadasi) tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan tezkor sa'y-harakatlari tufayli barcha yo‘lovchilar poyezdning qolgan vagonlariga ko‘chirilgan va joylashtirilgan. Qayd etish joiz, mazkur holatda jabrlanganlar bo‘lmagan. Barcha buyum va hujjatlar o‘z egalariga yetkazilgan.

Soat 22:10 da №81-sonli poyezd «Dehqonobod» stansiyasiga yetib kelgan. U yerda yo‘lovchi poyezdi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, shuningdek, yo‘lovchilarni joylashtirish maqsadida qo‘shimcha ikkita vagon ulangan. Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi o‘z manziliga yetib borgan.

Hozirgi vaqtda, shikastlangan temir yo‘lning ustki qismi to‘liq ta'mirlanib, po‘lat izlari tiklangan hamda yuk tashish va yo‘lovchi poyezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘chki sodir bo‘lgan hudud «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Axborot-tahliliy media markazining izohiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari va messenjerlarda tarqatilayotgan fotosuratlarda po‘lat izlarining qayta tiklash jarayoni aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ham Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘i yaqinidagi temiryo‘l cho‘kkani, oqibatda poyezd lokomotivlari yo‘lga tiqilib qolgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda yo‘l tinimsiz yoqqan yomg‘irlar oqibatida yumshab, o‘pirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda ag‘darilib ketgan poyezd bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bayonot berdi