01:30 / 03.05.2019
8 087

Xususiy telekanallar turk telekanallari….mi?

Xususiy telekanallar turk telekanallari….mi?
Yaqinda turkiyalik bir mehmon bilan gaplashib qoldim. Oʻzbekistonda bir necha kun mehmon boʻlib yurtiga qaytib ketayotgan ekan. Taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

-Taassurotlarim bir jahon. Ayniqsa Turkiya telekanallari Oʻzbekistonda oʻzbek tilida koʻrsatuvlar tayyorlayotganidan xursandman. Uchta telekanal hamisha Turkiyani eslatib turdi. Faqat turk seriallarini oʻzbekchada berilishini aytmasam, hammasi Turkiyani eslatib turdi. Bu turk kanallari hatto yangiliklarni ham oʻzbekchada oʻqishmoqda.

Bu kanallar turk emas, balki oʻzbek telekanallari ekani haqida mehmonga indamadim. Har holda mehmon. Mayli xursand boʻlib ketaversin.Turkiyaga borib ogʻzini koʻpirtirib maqtanadigan boʻldi-da.

Sharofiddin Tulaganov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xususiy telekanallar turk telekanallari….mi?