09:44 / 03.05.2019
3 853

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod qilindi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod qilindi
Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Xojizodayev lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘zining hukumatdagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

1- may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosini sifatli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilishda yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish va kreditlarni o‘zlashtirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar tanqid ostiga olindi. Poytaxt ma’muriyatida ushbu yo‘nalishda mas’ul hisoblangan Sherzod Xojizodayev vazifasidan ozod qilindi.

Sherzod Xojizodayev 2018 yil 4 oktyabr kuni Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosi joylarda mutlaqo qoniqarsiz tashkil etilgan uchun respublika komissiyasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Markaziy bank hududiy boshqarmalari rahbarlari ogohlantirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod qilindi