17:30 / 03.05.2019
6 101

O‘zbekistonda haydovchilar uchun yangi jarima joriy etildi

O‘zbekistonda haydovchilar uchun yangi jarima joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

135-modda (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (ushbu Kodeks 135-1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalarini boshqarish».

Ya’ni, o‘zgartirishlarga ko‘ra, agar yuridik shaxslarning yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi transport vositalari haydovchilari o‘z yonida malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lmasa, unda ular eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima to‘laydilar.

Ma’lumot uchun: mazkur qonun uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda haydovchilar uchun yangi jarima joriy etildi