18:44 / 03.05.2019
3 486

Toshkentda 2 ta avtobus to‘qnashdi va ulardan biri 2 nafar piyodani bosib ketdi

Toshkentda 2 ta avtobus to‘qnashdi va ulardan biri 2 nafar piyodani bosib ketdi
Toshkent shahridagi «Chinni bozor» yaqinida ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi. Bu haqda Kun.uz nashri Toshkent shahar IIBBdagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 147-sonli yo‘nalishdagi «Mersedes-Bens» avtobusi hamda 31-sonli yo‘nalishdagi «Isuzu» avtobusi o‘zaro yo‘l-transport hodisasi qayd etgan.

Shundan so‘ng, «Mersedes-Bens» avtobusi ikki nafar piyodani bosib ketgan. Manba xabariga ko‘ra, ikki nafar piyoda - qiz va ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda ushbu xabar yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 2 ta avtobus to‘qnashdi va ulardan biri 2 nafar piyodani bosib ketdi