18:58 / 04.05.2019
12 130

Poytaxt va viloyatlar o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklandi

Poytaxt va viloyatlar o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklandi
Poytaxt va viloyatlar o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklandi. Shaharlararo yo‘nalishda avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Minbar.uz xabar beradi.

Bu nega muhim: SSSR paytida ishlab turgan shaharlararo yo‘nalishdagi avtobuslar qatnovi mustaqillikdan keyin deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Avia va poyezd qatnovlari mavjud talabni qondira olmayotgan edi. Shaharlararo avtobuslar o‘rnini shaxsiy taksilar egalladi. Lekin avtobuslar (poyezddan keyingi o‘rinda) fuqarolar uchun qulayroq va xavfsizroq hisoblanadi.

"Toshtrans" saytining aytishicha, barcha yo‘nalishlardagi qatnovlar xalqaro klassdagi "Yutong" avtobuslarida amalga oshiriladi.
1 maydan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shaharlararo avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan:

Toshkent – Samarqand, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 25 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 8:00, 10:00, 12:00, 13:30, 16:00, 18:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 5 soat 45 daqiqa.

Toshkent – Buxoro, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 55 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 15:00.
Kelajakda rejalashtirilgan vaqt: 7:00, 09:00, 17:00, 19:30.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 13 soat 25 daqiqa.

Toshkent – Zarafshon, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 52 855 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 6:00, 11:20.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 13 soat 30 daqiqa.

Toshkent – Kattaqo‘rg‘on, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 31 325 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 10:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 8 soat 10 daqiqa.

Toshkent – Xatirchi, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 34 100 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 11:15.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 9 soat 20 daqiqa.

Toshkent – Mirbozor, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 33 535 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 11:45.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 8 soat 30 daqiqa.

Toshkent – Paxtaobod, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 13 760 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 13:05.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 3 soat 20 daqiqa.

Toshkent – Uchquduq, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 59 290 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 8:20.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 15 soat.

Toshkent – Gagarin, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 15 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 8:00, 13:00, 17:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 3 soat 50 daqiqa.

Toshkent – Zomin, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 20 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 8:00, 12:00, 18:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 4 soat 20 daqiqa.

Toshkent – Yangiyer, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 12 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 8:00, 11:00, 16:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 2 soat 45 daqiqa.

Toshkent – Termiz, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 70 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 17:00
Kelajakda rejalashtirilgan vaqt: 19:00, 20:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 18 soat 20 daqiqa.

Toshkent – Denov, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 75 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 17:00.
Kelajakda rejalashtirilgan vaqt: 8:00, 20:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 20 soat.

Toshkent – Qorako‘l, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati).
Yo‘l haqi: 60 000 so‘m.
Qachon: har kuni.
Toshkentdan jo‘nash vaqti: 17:30.
Kelajakda rejalashtirilgan vaqt: 8:00.
Yo‘lga ketadigan vaqt: 14 soat 30 daqiqa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxt va viloyatlar o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklandi