20:06 / 04.05.2019
4 174

Byuro MChJdan ishchining 24,2 mln. so‘m ish haqini undirib berdi

Byuro MChJdan ishchining 24,2 mln. so‘m ish haqini undirib berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining qarzdor “Beruniyorolsuvqurilish” MChJ dan undiruvchi Kurbaniyazov Baxtiyor Urazbayevich foydasiga 24.693.428 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro hujjati davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgar “Beruniyorolsuvqurilish” MChJ Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan “BANKROT” deb topilgan.

Shuningdek, ijro xarakatlari natijasida qarzdor “Beruniyorolsuvqurilish” MChJ dan undiruvchi B.Kurbaniyazov foydasiga 24.693.428 so‘m ish haqi pullari to‘lig‘i bilan undirilib berildi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlaroini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amala ijro qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Byuro MChJdan ishchining 24,2 mln. so‘m ish haqini undirib berdi