15:07 / 06.05.2019
3 018

«Nokia» telefon va 80 000 so‘m uchun haydovchiga pichoq urgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

«Nokia» telefon va 80 000 so‘m uchun haydovchiga pichoq urgan yo‘lovchi qo‘lga olindi
Namangan shahrida 5 may kuni noma’lum shaxs 6-kichik tuman hududidan Madaniy Maorif mahallasida yashovchi 29 yoshli I.R. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tiradi. U 1-kichik tumani Olmazor ko‘chasiga yetib kelgandan so‘ng haydovchining chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazib, 80.000 so‘m puli va «Nokia» mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan.

Natijada I.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurobod mahallasida yashovchi 25 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Nokia» telefon va 80 000 so‘m uchun haydovchiga pichoq urgan yo‘lovchi qo‘lga olindi