Karimov Fondi O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning Umra safari tasvirlangan videoni e’lon qildi.
«Ushbu videolavhada Islom Karimov Makkai mukarramaga qilgan Umra ziyoratlari, Ka’bani tavof qilib, Baytullohning ichkarisiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bilan birgalikda ibodat qilish uchun kirib ketayotganlari aks etgan.
Ushbu Umra safari Islom Karimovning Saudiya Arabistoniga 1992 yilning aprel oyida qilgan davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan.
O‘shanda Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Fahd bin Abdulaziz Islom Karimovga Kisva – Ka’ba yopinchig‘ining bir bo‘lagini hadya qilgan edi. Unga tilla ip bilan “Oli Imron” surasining 97-oyati yozilgan edi. Keyinchalik Islom Karimov ushbu tabarruk hadyani – ka’bapo‘shni Imom Buxoriy majmuasi muzeyiga taqdim etadilar.
Mehr-muruvvat va xayru-saxovat oyi Ramazoni sharif barchamizga muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar», - deyiladi Fond ma’lumotida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi