15:42 / 07.05.2019
4 641

Arzon uy-joylar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Arzon uy-joylar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 12 apreldagi 285-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 12 apreldagi 285-son qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

Qarorning 2-bandida:

a) “b” kichik bandining (uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi) ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “ikki, uch qavatli” so‘zlari “ko‘p kvartirali” so‘zlari bilan almashtirilishi mumkin;

b) “v” kichik bandiga (nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi) quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shiladi:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) ajratiladi.

Tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar hamda ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.”

Qarorning 4-bandida:

a) “a” kichik bandining (uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati to‘lovining) ikkinchi xatboshidagi “25” raqami “10” raqami bilan, uchinchi xatboshidagi “75” raqami “90” raqami bilan almashtiriladi.

Qaror ilovasining:

a) 3-bandining (Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga Dastur doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi tartibda ajratiladi) ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “ikki, uch qavatli” so‘zlari “ko‘p kvartirali” so‘zlari bilan almashtiriladi.

b) 3-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qo‘shiladi:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) ajratiladi.

Tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar hamda ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arzon uy-joylar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi