16:30 / 07.05.2019
4 258

Milliy gvardiya va Xitoyning qurollangan militsiyasi mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Milliy gvardiya va Xitoyning qurollangan militsiyasi mashg‘ulot o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro «Hamkorlik-2019» rejasiga asosan Xitoy delegatsiyasining tashrifi bilan 2019 yilning 2 may kuni ikki tomon qo‘mondonligi uchrashib, hamkorlikdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha bir qator masalalalar muhokama qilingan edi.

«Hamkorlik-2019» aksilterror o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari joriy yilning 5 may kuni Jizzax viloyati «Forish» poligonida ikki qo‘mondonlik vakillari, Jizzax viloyati hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida start oldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Tursunov Botir Rajabovich va Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan Militsiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari general-leytenant Sin Tyanlar ochilish marosimda so‘zga chiqib bu o‘quv mashg‘uloti ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash bilan bir qatorda, Milliy armiyamizning yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishini ta’kidlab barcha ishtirokchi harbiy xizmatchilarga omad tiladilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi faxriy qorovul bataloni shaxsiy tarkibi o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishi bilan mehmonlar e’tiborini tortgan bo‘lsa, Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan Militsiyasi harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlari hamda mototsikllarni boshqarish usullari namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy konfrensiyada o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama etildi. Hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulotlar ikki hafta mobaynida davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya va Xitoyning qurollangan militsiyasi mashg‘ulot o‘tkazmoqda