Sergeli tumanidagi arzon uylarning kvadrat metri narxi ma’lum qilindi

  • 08 may 2019, 04:30
  • 2 117
  • Jamiyat
  • Sergeli tumanidagi arzon uylarning kvadrat metri narxi ma’lum qilindi
    7 may kuni Sergeli tumani hokimligida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mahalliy aholi bilan arzon uy-joylarga ipoteka kreditlari qiymatining oshishi masalalari bo‘yicha yangi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Bir oy avval ham bosh vazir va Toshkent hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda aholi ipoteka kreditlari qiymati oshgani va yangi uylardagi kamchiliklardan shikoyat qilgandi. Bosh vazir birinchi uchrashuvda murojaatchilarga vaziyat nazorat ostiga olinishi va bir oydan keyin ikkinchi uchrashuv tashkillashtirilishi va unda tuman aholisi vaziyatning tahlili bo‘yicha hisobot hamda ipoteka kreditining yakuniy qiymati haqida ma’lumot olishlariga va’da bergandi.

    Toshkent shahri hokimligining ma’lum qilishicha, tegishli idoralar vaziyatni, narxlarning shakllanishi va boshqa detallarni o‘rganib chiqqan. Jumladan, endilikda Sergeli tumanidagi 34-uydagi kvartiraning 1 kvadrat metri 3 mln 254 ming so‘m, ya’ni avval o‘rnatilgan narxidan 746 ming so‘m arzonroq bo‘ladi. Avval oshirilgan narx 4 mln so‘mni tashkil qilgandi.

    Hokimlikda agar qolgan uylarning ham loyihalari 34-uyniki kabi bo‘lsa, unda narxlar ham yuqoridagi kabi bo‘lishi aytilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sergeli tumanidagi arzon uylarning kvadrat metri narxi ma’lum qilindi