14:39 / 08.05.2019
6 486

Oʻzbekistonda yana bir “samosud” videosi paydo boʻldi

Oʻzbekistonda yana bir “samosud” videosi paydo boʻldi
Internet tarmogʻida bir guruh ayollar tomonidan uyushtirilgan “samosud” holati tasvirlangan video paydo boʻldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabariga koʻra, ayollar koʻchaning oʻrtasida, odamlar gavjum boʻlgan joyda boshqa bir ayolni kaltaklashgan.

Goʻyoki “samosud” qilingan ayol zoʻravon ayollardan birining oilasi buzilishiga sababchi boʻlgan. Oʻz navbatida, foydalanuvchilar maʼlumotiga koʻra, jabrlanuvchi tajovuzkor ayolning oilasini buzgan.

Maʼlum boʻlishicha, voqea Angren shahrida yuz bergan. Ushbu hodisa aynan qachon sodir boʻlgani hozircha nomaʼlum. Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari holat boʻyicha maʼlumot bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda yana bir “samosud” videosi paydo boʻldi