Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:
28-modda (Maxsus huquqdan mahrum qilish):
quyidagi mazmunda ikkinchi ‒ to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:
“Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan jarima ballari hisoblanadi. Jarima ballarining bir yil davomidagi umumiy miqdori o‘n ikki yoki undan ortiq ballga teng bo‘lgan taqdirda, transport vositasining haydovchisi yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haydovchiga jarima ballari berishga asos bo‘lmaydi.
Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan jarima ballarini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
ikkinchi – uchinchi qismlar tegishincha beshinchi – oltinchi qismlar deb hisoblanadi.
343-moddaning (Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va tartibi) matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni istisno etgan holda, unga nisbatan jazo qo‘llagan ma’muriy sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 28-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarda o‘n ikki yoki undan ortiq jarima baliga teng yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilarga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati yo‘l harakati qoidalarini buzganlik sodir etilgan yil yakuniga qadar qisqartirilishi mumkin emas”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?