Bojxona xodimlari tomonidan “zahri qotil”ning navbatdagi kontrabandasi to‘xtatib qolindi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari “Ayritom” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan giyohvandlik moddasini fosh etishdi.
Mazkur postga piyoda tarzda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi M.R. ning shubhali xatti–harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi. Fuqaro havo harorati issiq bo‘lishiga qaramasdan qishki kurtka bilan bojxona postining kirish zali orqali harakatlanayotganda, uning kurtkasi shubha ostiga olinib, xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, kurtkaning ichki astari orasiga tikilgan 30 dona skotch bilan o‘ralgan selofan paketlar ichiga xufiyona joylashtirilgan sof og‘irligi 230,26 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir holatda esa, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida, fuqaro S.Sh. xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan 1,6 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan