17:26 / 12.05.2019
8 215

Vazir fidoyi hamshiralar qarshisida ta’zimda ekanini aytdi (foto)

Vazir fidoyi hamshiralar qarshisida ta’zimda ekanini aytdi (foto)
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Poytaxtimizdagi Xalqlar do‘stligi san’at saroyida 12 may – Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida fidoyi kasb egalariga yana bir bor ehtirom ko‘rsatildi.

Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyayev so‘zga chiqib, barcha hamshiralarni Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berib o‘tdi.

– Zamonaviy tibbiyotni hamshiralar ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Eng ilg‘or texnologiyalarga asoslangan amaliyotlarni o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori bo‘lishida patronaj hamshiralarning o‘rni beqiyos, – dedi Alisher Shadmanov.

– Shu o‘rinda yurtimizda uch yuz ming nafardan ziyod o‘z kasbiga sadoqatli hamshiralar tibbiyotning turli bo‘g‘inlarida samarali faoliyat yuritib kelayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Ana shunday fidoyi, orasta, oqila, bir so‘z bilan aytganda, olijanob kasb egalari bo‘lgan hamshiralarimiz qarshisida hamisha ta’zimdaman.

Qayd etish joizki, bugungi kungacha Toshkent tibbiyot akademiyasi va tibbiyot institutlarining «Oliy hamshiralik ishi» bo‘limlarida anesteziologiya va reanimatsiya, xirurgiya, akusherlik va menejment kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt yarim ming nafar oliy ma’lumotli bakalavr xamshiralar tayyorlandi, yuzga yaqin hamshiralar magistr darajasiga ega.

Ular davolash-profilaktika muassasalarida bosh, katta va yetakchi hamshira hamda tibbiyot instituti va kollejlarida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Yana bir e’tiborli jihati, 18 nafar oliy ma’lumotli hamshira tibbiyot sohasida falsafa doktori (PhD) ilmiy unvoniga ega bo‘ldi.

Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida o‘tgan yil davomida samarali faoliyati bilan aholi salomatligini saqlashda munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidoyi hamshiralar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

El ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tantanali bayram tadbiriga o‘zgacha fayz kiritdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir fidoyi hamshiralar qarshisida ta’zimda ekanini aytdi (foto)