17:50 / 12.05.2019
4 521

Samarqandda chaqiruvga ketayotgan «Damas»ni yuk mashinasi urib yubordi (foto)

Samarqandda chaqiruvga ketayotgan «Damas»ni yuk mashinasi urib yubordi (foto)
Bugun, 12 may kuni tonggi soat 4:05 atrofida Toshkent – Nukus M-37 yo‘lining Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan o‘tgan 120-kilometrida «MAN» rusumli yuk avtomashinasi «Damas» rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasini urib yuborgan. Natijada tuman tibbiyot birlashmasi 3 nafar xodimi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga tayanib Kun.uz xabar berishicha, ushbu hodisa Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi Bolatli tez tibbiy yordam brigadasining 3 nafar xodimi tumandagi Dabusya mahallasida yashovchi homilador ayol M.K.ning murojaati asosida chaqiriqqa borayotgan vaqtda bo‘lgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Chaqiriqqa ketayotgan tez yordam mashinasi Toshkent – Nukus M-37 yo‘lining 120-kilometrida joylashgan yo‘lning qaytib olish qismidan qayrilib olayotgan vaqtda «MAN» yuk avtomashinasi kelib urilishi natijasida 1965 yilda tug‘ilgan shifokor I.A., 1986 yilda tug‘ilgan feldsher O.D., hamda 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi E.U. og‘ir tan jarohati olgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Hozirda jabrlanganlar Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, shifokor nazoratiga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda chaqiruvga ketayotgan «Damas»ni yuk mashinasi urib yubordi (foto)