11:58 / 13.05.2019
2 580

Surxon vohasi aholisi foydalinishiga birdaniga 2 zamonaviy DXM binosi topshirildi

Surxon vohasi aholisi foydalinishiga birdaniga 2 zamonaviy DXM binosi topshirildi
Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo Turaxujayev Surxondaryo viloyati Muzrabot va Oltinsoy tumanlari yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari ochilish marosimida ishtirok etdi.

Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi bilanoq uning tarkibiga kiruvchi Markazlarda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish standartlariga yuqori talablar belgilangan. Shu bois, mazkur Markazlar qisqa fursatda o‘zlarini bir tom ostida eng kerakli davlat xizmatlarini qulay va ortiqcha vaqt va pul sarflamasdan olish mumkin bo‘lgan unikal maydoncha sifatida tanitdi. Foydalanishga topshirilgan Muzrabot va Oltinsoy tumanlari Davlat xizmatlari markazlari buning isbotidir.

Markazlar quruvchi va arxitektorlari xalq kiradigan joy ko‘rkam, barcha qulayliklarga ega bo‘lishi lozimligini inobatga olgan. Shu bois, interer yechimi ham xizmat oluvchilarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

Markazning kirish yo‘lagidagi zamonaviy resepshnda elektron navbat talonini olish, qaysi oynaga murojaat etish kerakligini tushuntirishga hamisha tayyor davlat xizmatlari maslahatchilari sizni tabassum bilan qarshi oladilar.

Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib, kutish zalidagi shinam o‘rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o‘tish kerakligi ko‘rsatiladi.

Muhimi, xizmatdan ko‘nglingiz taskin topsa bo‘ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, davlat idoralari odamlarga xizmat ko‘rsatadigan payt keldi.

Yanada qulaylik yaratish maqsadida bu yerda bolalar o‘yingohi, ona va bola, tibbiyot xonalari hamda kafe mavjud. Bundan tashqari, mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan — fuqarolarimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi tashabbus ham bu yerda mujassam. Muzrabot tumani DXM binosida o‘zbek va jahon adabiyot durdonalari namunalaridan iborat kutubxona o‘rin olgan.

Ushbu binodan fuqarolar odatiy davlat xizmatlaridan tashqari notarius va FHDYo organlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega.
Fuqarolar qulayligi uchun binoda bir emas ikkita bank kassasi faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrif buyuruvchilar bepul WiFi dan foydalanish imkoniga ega.

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun tegishli pandus o‘rnatilgan. Umuman olganda, har bir fuqaroga — alohida e’tibor, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari hisobga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxon vohasi aholisi foydalinishiga birdaniga 2 zamonaviy DXM binosi topshirildi