Joriy yilning 13 may kuni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2019–2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.
Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
— ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d‘Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
— boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?