12:55 / 15.05.2019
4 882

Nukusda bayroqlar oldida kiyimsiz holda video tasvirga tushgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi

Nukusda bayroqlar oldida kiyimsiz holda video tasvirga tushgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi
Foto: «Kruz.uz»
Internet tarmog‘ida Nukus shahrida davlat ramzlari oldida kiyimsiz (ich kiyimda) o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, jarayonni videoga tushirgan o‘smirlar tasvirlari tarqaldi.

«Kruz.uz» saytining yozishicha, 9 may kuni 21:30 lar atrofida nukuslik o‘smir yigit shahar markazida joylashgan 55 metrlik O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari oldida borib yechina boshlaydi. Keyin kiyimsiz (ich kiyimda) holatda davlat ramzlari atrofida o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, kula-kula yugurib aylanib chiqadi. Bu paytda markaziy maydonda bir qancha odamlar ham bo‘lgan. Video kechasi olingan bo‘lib, voqealar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi atrofida yakuniga yetadi.

Foto: «Kruz.uz»
Nukus shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sitanov Anvar ma’lumot berishicha, 9 may kuni soat chamasi 21:30 lar atrofida Nukus shahri markazidagi 55 metrlik davlat bayroqlari o‘rnatilgan maydonda 3 ta o‘smir: 1998 yilda tug‘ilgan S.B., 2000 yilda tug‘ilgan N.U. hamda O‘.A.lar jamoat joylarda yurish-turish koidasini kasddan mensimasdan yechingan holda video tushib uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Ushbu holat yuzasidan bugun, 11 may kuni sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Shumanoy tumani Mamuriy sudi raisi Koщanov Arman Baxitbayevich tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning XV bobidagi 183-moddasini qo‘pol ravishda buzganligi uchun yigitlarning har biriga o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda bayroqlar oldida kiyimsiz holda video tasvirga tushgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi