17:20 / 15.05.2019
5 797

Avtomobil kaliti va pulti aslida nima ekanligi fosh bo‘ldi

Avtomobil kaliti va pulti aslida nima ekanligi fosh bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatkichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 50-son qaroriga ko‘ra portativ lazerli nur tarqatkichlarni yurtimizga chetdan olib kirish va sotish taqiqlanadi.

Biroq, mazkur me’yoriy hujjat talablari ayrim fuqarolarimiz tomonidan buzilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali yurtimizga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.X xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, fuqaroga tegishli buyumlar orasidan 8 dona avtomobil kalitlari va masofadan boshqarish pultlari borligi bojxonachilar e’tiborini tortdi. Bir qarashda haqiqiydek ko‘ringan pult va kalitlar aslida lazerli nur tarqatkich ekanligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil kaliti va pulti aslida nima ekanligi fosh bo‘ldi