10:37 / 16.05.2019
5 185

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi
O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri, bir qancha yirik asarlar muallifi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi.

Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich) 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972).

«Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashxur.«Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir. Asar asosida ko‘p seriyali telefilm yaratilgan.

«Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) ssenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.

Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Yozuvchining ijodiy faoliyati hukumat mukofotlari va turli adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.

Zamin.uz tahririyati yozuvchining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi