12:53 / 16.05.2019
4 554

Yuridik kollejlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Yuridik kollejlarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Adliya vaziri buyrug‘i bilan vazirlik tasarrufidagi yuridik kollejlarga 2019–2020 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, 2019–2020 o‘quv yili uchun vazirlikning yuridik kollejlariga tegishli yo‘nalishlar (“Davlat xizmatlari bo‘yicha yurist”, “Kadrlar masalalari bo‘yicha yurist”, “Notariat bo‘yicha yurist”, “Advokatura bo‘yicha yurist”, “Ijro ishi bo‘yicha yurist”, “Shartnomaviy masalalar bo‘yicha yurist”, “Agrar sektorda yurist”) bo‘yicha respublika miqyosida jami 3340 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Shundan:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri yuridik kollejlariga – 300 nafardan;
- Namangan viloyati yuridik kollejiga – 250 nafar;
- Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari yuridik kollejlariga – 210 nafardan;
- Andijon, Jizzax, Navoiy viloyatlaridagi yuridik kollejlarga esa 180 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik kollejlarga qabul kvotalari tasdiqlandi