13:20 / 16.05.2019
3 008

Ohangaronda baliq ovlagan brakonerlar 281 mln so‘mlik zarar yetkazdi

Ohangaronda baliq ovlagan brakonerlar 281 mln so‘mlik zarar yetkazdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Angren daryosining Ohangaron tumani, Qayirma qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida fuqarolar V.B. va boshqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganligi aniqlanib, ulardan «SEAHAWK II» nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga 281,5 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda baliq ovlagan brakonerlar 281 mln so‘mlik zarar yetkazdi