13:54 / 16.05.2019
6 666

Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi vahshiylarcha o‘ldirilib ketildi

Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi vahshiylarcha o‘ldirilib ketildi
Samarqand viloyati Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi oilaning 5 nafar a’zosi — er-xotin, ikki o‘g‘il va bir qizni vahshiylarcha o‘ldirib, Qo‘shrabot tumani Boqi qishlog‘ida Damas avtomashinasi ichiga tashlab ketishgan. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

15 may kuni mashina ichidagi jasadlarni ko‘rib qolgan fuqarolar bu haqda zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Marhumlarning boshiga og‘ir metal bilan urib o‘ldirib, odamlar serqatnov bo‘lmaydigan joyga tashlab ketishgan.

Viloyat IIB mazkur jinoyat haqiqatda sodir etilganligini tasdiqladi.
Jinoyat kim tomonidan va qachon sodir etilganligi noma’lum. Hozirda jinoyatchini topish uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi vahshiylarcha o‘ldirilib ketildi