18:39 / 16.05.2019
7 009

Bosh prokuratura Samarqandda bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi hodisasi yuzasidan axborot berdi

Bosh prokuratura Samarqandda bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi hodisasi yuzasidan axborot berdi
Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi o‘ldirilib, ularning jasadi mashina ichiga tashlab ketilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ushbu mudhish qotillik yuzasidan axborot berdi.

15 may kuni soat 13:00 larda Qo‘shrabot tumani «Do‘stlik» mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan Damas rusumli avtomashina o‘rta va orqa o‘rindiqlarida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi A.X (1969 yilda tug‘ilgan), uning turmush o‘rtog‘i, uy bekasi Z.X (1974 yilda tug‘ilgan), o‘g‘illari J.I (1998 yilda tug‘ilgan), A.I (2002 yilda tug‘ilgan) va O.I (2004- yilda tug‘ilgan)larning murdalari, har birining bosh va yuz sohalarida og‘ir tan jarohatlari, ya’ni qotillik alomatlari bilan topilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Bosh prokuratura O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari tun-u kun amalga oshirilmoqda.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Samarqandda bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi hodisasi yuzasidan axborot berdi