Foto: «dyxx.uz»
Bugun, 16 may kuni soat 04-00da Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri, Samarqand ko‘chasida joylashgan «Darvoza Savdo» MChJga qarashli «Makro» savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilmoqda.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 04 dan 03 daqiqa o‘tganda yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04 dan 09 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 04 dan 19 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etilgan.
Natijada yong‘indan majmuaning 750 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv.metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan.
Yong‘inni taxminiy sababi majmuadagi muzlatgichning elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi