14:47 / 17.05.2019
7 302

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, janoza marosimi bugun, 17 may kuni asr namozidan keyin bo‘lib o‘tadi. Ijodkor O‘rikzor dahasidagi Said Vaqqos Ota qabristoniga dafn etiladi, deya yozmoqda «Kun.uz».

Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvar kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston (1991 y.), Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston (1993 y.) xalq artisti. Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi bo‘yicha, 1967 y.) va Toshkent madaniyat instituti (1980 y.)ni tugatgan. Kuy-qo‘shiqlari bilan el e’tiboriga tushgan.

Joriy yilning 4 aprel kuni Ortiq Otajonovning rafiqasi Gulsara Otajonova 73 yoshida vafot etgandi.

«Zamin.uz» nashri marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov olamdan o‘tdi