14:00 / 18.05.2019
3 011

Adliya vaziri: Hokimlikning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerak

Adliya vaziri: Hokimlikning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerak
Xalqaro press-klub sessiyada prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati muhokama qilinmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, unda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning ta’kidlashicha, endilikda tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida Savdo sanoat-palatasidan ham vakil bo‘ladi.

Sessiyada tadbirkorlarga yer ajratish bo‘yicha muammolar ham ko‘tarildi.

– Yer ajratishda byurokratik to‘siqlar bor. Viloyatlarda hokimliklar yerni auksionga chiqarmayapti. Hujjatlar stol ustida qolib ketyapti. Hokimlikning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerak. Shu sababli Yer kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda, – deydi adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vaziri: Hokimlikning yer ajratish bo‘yicha vakolatini qisqartirish kerak