10:44 / 21.05.2019
4 114

Sukut minorasi. Zardushtiylar o‘liklarni qanday ko‘mishgan?

Sukut minorasi. Zardushtiylar o‘liklarni qanday ko‘mishgan?
Foto: Behzod Abdujabborov
Nukus shahridan To‘rtko‘l tomon yo‘lga chiqsangiz, 43 kilometrdan so‘ng o‘ng tomonda katta minoraga ko‘zingiz tushadi. Chilpiq minorasi – mana shu. U 2200 yillik tarixga ega.

Foto: Behzod Abdujabborov
Zardushtiylar tomonidan qurilgan minoraning vazifasi marhumlarning so‘nggi makoni bo‘lish edi. Zardushtiylarda to‘rt unsur muqaddas hisoblangan – olov, yer, suv va havo. Jasad esa yovuzlik timsoli bo‘lgan, shuning uchun uni yerga ko‘mish, olovda kuydirish va suvda cho‘kdirish mumkin bo‘lmagan. Havoni badbo‘y hiddan qutqarishning yo‘lini esa shu tahlit topishgan – ulkan minoralar qurishgan va o‘likni shu yerda qoldirishgan.

Foto: Behzod Abdujabborov
Jasadni yirtqich qush va hayvonlar yeb ketgandan so‘ng qolgan suyaklari esa ostadonga (ossuariy) tashlangan. Qoraqalpog‘istondagi Chilpiq minorasining vazifasi shu edi.

Ammo VII asr boshlarida O‘rta Osiyoga arablar kelgandan so‘ng asta-sekin minora dastlabki ma’nosini yo‘qotdi. Arablar uni qayta qurishdi va dushman xavfidan ogohlantiruvchi gulhan yoqiladigan joyga aylantirishdi. Oradan yana biroz vaqt o‘tib, IX-X asrlarda Xorazmshohlar minorani yana qayta qurib, kichik qal’a sifatida foydalana boshladilar.

Foto: Behzod Abdujabborov
Chilpiq minorasi bugungi kunda qoraqalpog‘istonliklar uchun katta ahamiyat kasb etadi. U hatto Qoraqalpog‘iston ramziga kiritilgan. Minoraga chiqar bo‘lsangiz ajoyib manzaraga ko‘zingiz tushadi. Bir tomonda, Amudaryo qirg‘oqlari yam-yashil ko‘kalamzor bo‘lsa, boshqa tomonda quyosh tig‘ida kuyib yotgan cho‘lni ko‘rasiz.

Ko‘kalamzor va cho‘l o‘rtasidagi chegara esa ajib manzara kasb etgan.

Foto: Abduqodir Mo‘minov

Foto: Abduqodir Mo‘minov

Foto: Abduqodir Mo‘minov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sukut minorasi. Zardushtiylar o‘liklarni qanday ko‘mishgan?