08:23 / 22.05.2019
2 992

Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga rahbarlar tayinlandi

Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga rahbarlar tayinlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Abdullayev Farhod Ravshanovich Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi, Ashirmatov Rustam Mahmudjanovich Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Azimov Jobir Odilovich Uchtepa tumani prokurori va Ahmedov Sayfullo Negmatovich Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida bo‘lib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Hokim va tumanning boshqa rahbarlari davlat rahbarining ushbu tumanga tashrifi yakunlariga ko‘ra ishdan olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga rahbarlar tayinlandi