10:36 / 22.05.2019
4 801

Namanganda 21 yoshli yigitning yuragiga pichoq sanchgan «razborshik» qamaldi (video)

Namanganda 21 yoshli yigitning yuragiga pichoq sanchgan «razborshik» qamaldi (video)
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida sodir bo‘lgan pichoqbozlik aks etgan video tarqalgan edi. O‘sha voqea yuzasidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi deb xabar bermoqda «everyday» nashri.

Aslida voqea 2018 yil 27 oktyabrida Namangan shahrining «Go‘zal» dahasida joylashgan «Barlos» kafesi yaqinida mudhish qotillik jinoyati sodir etilgan.

Shu kuni mahalliy «razborshik» sifatida tanilgan 24 yoshli N. K. qahvaxonada ikki yigit bilan mojaroga boradi va tashqariga chiqqanda ulardan birining yuragiga pichoq uradi. Natijada «Oromgoh» dahasida yashab kelgan 21 yoshli J. J voqea joyida halok bo‘ladi. Uning sherigi esa qornidan yaralanadi.

«Xalq so‘zi»ning xabar qilishicha, tezkor ravishda qo‘lga olingan qotil ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yaqinda oxiriga yetkazilgan. U jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l» bandi, 25, 97-moddasi 2-qismi «a», «l» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, endi N.K.umrining 20 yilini qattiq tartibli koloniyada o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 21 yoshli yigitning yuragiga pichoq sanchgan «razborshik» qamaldi (video)